Новостная лента

VEON готов содействовать цифровизации Узбекистана

Новости рынка
26-27 мая состоялся очередной рабочий визит делегации группы компаний VEON в Ташкент. В ее состав вошли главный исполнительный директор, председатель наблюдательного совета ООО «Unitel» (ТМ Beeline в Узбекистане) Каан Терзиоглу и другие представители компании.

Прошли встречи с министрами, главой Антимонопольного комитета, первым заместителем Председателя Сената Олий Мажлиса и послом России в Узбекистане.

В ходе беседы с первым заместителем Председателя Сената Олий Мажлиса Садыком Сафоевым рассмотрены вопросы либерализации интернет-пространства Узбекистана, участия Beeline Uzbekistan в цифровизации республики.

VEON выразил заинтересованность в изучении IT-программирования школьниками. Компания готова предоставить программы ускоренного обучения и организовать хакатоны для поддержки молодых талантливых ребят Узбекистана. Об этом стало известно на встрече с министром народного образования Шерзодом Шерматовым.

Проект либерализации доступа в международную сеть интернет в Узбекистане, подготовленный компанией ООО «Unitel», был в центре внимания диалогов в Министерстве по развитию информационных технологий и коммуникаций и Антимонопольном комитете. Он позволит дополнительно привлечь иностранные инвестиции в сферу ИКТ в размере более 6 млн долларов, создать рабочие места, снизить стоимость интернета для населения и дать новый импульс развитию мобильного интернета.

«Как обычно, и на этот раз мой визит в Узбекистан был замечательным. Каждый раз, приезжая сюда, вижу, как прогрессирует экономика - от индустриальной к экономике знаний», - рассказал Каан Терзиоглу.

-----------------------------------------------------------------------------
VEON O'zbekistonni raqamlashtirishga hiss qo'shishga tayyor

26-27-may kunlari VEON kompaniyalari guruhi delegatsiyasining Toshkentga navbatdagi ishchi tashrifi amalga oshdi. Uning tarkibida bosh ijrochi direktor, «Unitel» MCHJ (Oʼzbekistonda Beeline SB) kuzatuv kengashi raisi Kaan Terzioglu va kompaniyaning boshqa vakillari ishtirok etdi.

Vazirlar, Monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasi boshlig’i, Oliy Majlis senati raisi va Rossiyaning O’zbekistondagi elchisi bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o’rinbosari Sodiq Safoyev bilan suhbat chog’ida O’zbekiston internet makonini liberallashtirish, respublikani raqamlashtirishda Beeline Uzbekistan ishtiroki kabi masalalar ko’rib chiqildi.

VEON maktab o’quvchilari tomonidan IT-dasturlashning o’rganilishiga qiziqayotganini ma’lum qildi. Kompaniya O’zbekistonning yosh iqtidorli yigit-qizlarini qo’llab-quvvatlash uchun tezkor ta’lim dasturlarini taqdim etish va xakatonlar tashkil etishga tayyor. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuvda so’z bordi.

«Unitel» MCHJ kompaniyasi tomonidan tayyorlangan O’zbekistonda xalqaro internet tarmog’iga ulanishni liberallashtirish loyihasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasidagi muloqotlarning diqqat markazida bo’ldi. U AKT sohasiga qo’shimcha 6 mln dollar va undan ko’proq miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ish o’rinlari yaratish, aholi uchun internet narxini pasaytirish va mobil internetni rivojlantirishga yangidan turtki berish imkonini yaratadi.

«Odatdagidek, bu safar ham O’zbekistonga tashrifim ajoyib o’tdi. Har gal bu yerga kelib, iqtisodiyotning sanoatdan tortib bilimlar iqtisodiyotiga qadar keng qamrovli o’sishiga guvoh bo’laman», - dedi Kaan Terzioglu.